uz

Xalqaro Dasturni Amalga Oshirish Yuzasidan Fikrlashib Olindi

image

Xalqaro dasturni amalga oshirish yuzasidan fikrlashib olindi

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatida Swiss Re qayta sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi.

Uchrashuv InsuResilience Solutions Fund (ISF) xalqaro jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekistonda bog‘dorchilik va sabzavotchilikni sug‘urtalash dasturi joriy etilishi doirasida tashkil etildi. 

Tadbirda Swiss Re qayta sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Marcel Andriesse, Olena Sosenko hamda “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Transformatsiya, innovatsiya va sug‘urta departamenti hamda Moliya departamenti direktori, Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar departamenti menejeri ishtirok etdi. 

Swiss Re qayta sug‘urta kompaniyasi InsuResilience Solutions Fund (ISF) xalqaro jamg‘armasining mazkur dasturi doirasida amalga oshiriladigan o‘zbekistonlik fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mahsulotlarini ishlab chiqish jarayonida “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan hamkorlik qiladi.

Uchrashuvda tomonlar InsuResilience Solutions Fund (ISF) xalqaro jamg‘armasi tomonidan mamlakatimizda bog‘dorchilik va sabzavotchilik mahsulotlarini yetishtirishda iqlim bilan bog‘liq xavf-xatarlardan himoya qilish bo‘yicha joriy etilayotgan sug‘urta mahsulotlari, ularni moliyalashtirish masalalari, shuningdek, ushbu jarayonda qayta sug‘urta kompaniyalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikr almashdilar. 

Ta’kidlanganidek, bog‘dorchilik va sabzavotchilikni sug‘urtalash hozirda dunyo hamjamiyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining o‘zaro yaqin hamkorligi ushbu sohani rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqadi. 

Uchrashuvda ushbu dasturni amalga oshirishda zarur bo‘lgan vazifalar, xususan, sug‘urta mahsulotlarini joriy etishning muhim jihatlari haqida fikrlashib oldilar.

 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati