uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Ajning Xodimlari Malaka Oshirishdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJning xodimlari malaka oshirishdi

BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi va Toshkent moliya instituti hamkorligida institut huzuridagi Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari mutaxassislarining malakasini oshirish o‘quv markazida o‘tkazilgan o‘quv-seminarida “O‘zagrosug‘urta” AJning ikki nafar xodimi ishtirok etdi. 

O‘quv davomida xodimlar “Sug‘urtaning huquqiy asoslari” va “Inklyuziv sug‘urta va risklarni moliyalashtirish” mavzularidagi 12 soatlik mashg‘ulotlarda qatnashib, tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. O‘quv yakunida sertifikatlar topshirildi.

Qayd etish joiz, o‘quv kursi davomli bo‘lib, “O‘zagrosug‘urta” AJning xodimlari uning ilk tinglovchilari hisoblanadi.

 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati