uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Jamoasi “Yashil Makon” Umummilliy Loyihasida Ishtirok Etmoqda

image

“O‘zagrosug‘urta” jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etmoqda

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati jamoasi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jamiyat Boshqaruvi raisi Sh.Rasulov, rais o‘rinbosarlari va departamentlar rahbarlari, xodimlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani “Quyoshli” MFY hududida joylashgan kollektor tarmog‘i muhofaza maydonining 700 metrga yaqin masofasiga 200 tupga yaqin pavloniya, terak kabi manzarali, olcha, o‘rik va boshqa mevali daraxtlar ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Xalqimizning qadimiy an'analari va urf-odatlariga binoan, daraxt ekish jarayoni oldidan duo qilinib, yaxshi niyatlarning ijobati, xayr-barakasi so‘raldi.

Qayd etilganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir kunlik yoki bir yillik tadbir emas. Yashab turgan joyimizni ozoda saqlasak, ona tabiat asrasak, yashillikka o‘z hissamizni qo‘shsak, bizdan keyingi avlod ham bunday muhitda munosib kamol topadi. Tabiatga mehri uyg‘onadi, ekologik madaniyati rivojlanadi. 

“Yashil makon” umummilliy loyihasida doirasida daraxt ko‘chatlari ekish, parvarishlash ishlari “O‘zagrosug‘urta” AJning joylardagi filiallari, sug‘urta markazlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan davom etmoqda.

 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati