uz

“O‘Zagrosug‘Urta” Talabalarga Bo‘Sh Ish O‘Rinlarini Taklif Qildi

image

“O‘zagrosug‘urta” talabalarga bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Karyera yarmarkasi” tashkil etildi. 

Turli tashkilot va idoralar, moliya muassasalari, tadbirkorlik subyektlari vakillari qatnashgan tadbirda “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham institut talabalari uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

Talabalarga Jamiyat Boshqaruvi faoliyati, uning joylardagi filiallari va sug‘urta markazlari haqida ma’lumot berilib, bugungi kunda ishga qabul qilishda zarur bo‘ladigan mutaxassisliklar, bilim va malaka hamda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.