uz

“O‘Zagrosug‘Urta”: Xodimlarning Mijozlar Oldidagi Huquq Va Majburiyatlari Tushuntirib Berildi

image

“O‘zagrosug‘urta”: xodimlarning mijozlar oldidagi huquq va majburiyatlari tushuntirib berildi

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvida “Sug‘urta faoliyatining huquqiy asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Boshqaruvning tegishli departament va boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari hamda videokonferensaloqa orqali hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Yuridik departament direktori B.Sodiqov so‘zga chiqib, sug‘urtalovchining mijozlar oldidagi huquq va majburiyatlari haqida so‘z yuritib, bugungi kunda sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, ularda belgilangan normalar xususida ma'lumot berdi. 

Qayd etilganidek, tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda lisenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e'tirof etiladi. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari esa sug‘urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi. 

Sug‘urta mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida pul munosabatlari tizimida muhim o‘rin tutadi. Shu bois mijozlar bilan sug‘urta mukofotlari, zararlarni qoplash jarayonidagi munosabatlar ham pul mablag‘i ko‘rinishida o‘rnatiladi. Seminar davomida sohadagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda xodimlarning o‘z vazifasiga sidqidildan yondashishi zarurligi, lavozim majburiyatlarini bajarishda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.

 

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati