uz

“O‘Zagrosug‘Urta”: Sug‘Urta Farovonlikning Erishilgan Darajasini Saqlab Qolish Degani

image

“O‘zagrosug‘urta”: sug‘urta farovonlikning erishilgan darajasini saqlab qolish degani

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona filialida “Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati va uning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Boshqaruvning tegishli departament va boshqarmalar boshliqlari, mutaxassislari hamda videokonferensaloqa orqali hududiy filiallar rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Hoshimjon Haydarov sug‘urtaning kelib chiqishi, ijtimoiy munosabatlarning bir turi sifatida umumiy iste'molga kiritilishi, shuningdek, xatarlarni tasniflash, sug‘urta himoyasi va tushunchasi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati, sug‘urtalashni amalga oshirish shakllari xususida keng tushuntirishlar berdi. 

– Sug‘urta ijtimoiy yordam shakllaridan biri bo‘lib, inson farovonligining erishilgan darajasini saqlab qolish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta odamlar manfaatlarini tasodifiy hodisalardan (yong‘in, baxtsiz hodisa, yo‘l-transport hodisalaridan) moliyaviy himoya qilishni kafolatlaydigan deyarli yagona vositaga aylanadi, bu esa mulkni, salomatlikni yo‘qotishning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi H.Haydarov. 

Hududlarda faoliyat yuritayotgan yetakchi olimlarning ilmiy takliflarini sohaga tatbiq etish, shuning barobarida Jamiyat xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan bunday o‘quv-seminarlar respublika bo‘ylab davom etadi.