uz

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Boshqaruvi Auditorlarni Ishga Taklif Qiladi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Boshqaruvi auditorlarni ishga taklif qiladi

“Oʻzagrosugʻurta” AJ (matnda bundan buyon – Jamiyat deb yuritiladi) katta auditor va yetakchi auditor lavozimlariga munosib nomzodlarni ishga olish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Nomzod:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda faoliyati bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilishi;
– oxirgi oʻn yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan, oʻrindoshlik boʻyicha) ish stajiga ega boʻlishi;
– auditorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yohud Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega boʻlishi;
– auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlishi;
– moliya, iqtisod va sug‘urta sohalarining buxgalteriya yoki audit bo‘limida ishlaganligi maqsadga muvofiq;
– sug‘urta sohasining birlamchi bilimlariga ega bo‘lishi;
– tilni bilish darajasi – rus va o‘zbek tillari (boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
– hujjatlar nomenklaturasini yuritishni hamda ish yuritishda kerak bo‘ladigan barcha rasmiy hujjatlarni tayyorlashni bilishi lozim.

Nomzodga yaratilgan sharoitlar:
– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtai nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);
– barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan ta’minlanadi;
– besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha, tushlik soat
13:00 dan 14:00 gacha;

Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
– hujjatlar qabuli;
– hujjatlarni koʻrib chiqish va baholash;
– Tanlov komissiyasi bilan individual suhbat.
Ish haqi shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun
Talabgor-nomzodlar vakant@agros.uz elektron pochta manziliga kerakli hujjatlarni (pasport, diplom(lar) va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va obyektivka) yuborishi lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi. Hujjatlar 2024-yil 25-martga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Suhbat kuni 5-aprel.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:
71 203-20-22. Ichki raqam 1019, 1021, 1022