uz

“O‘Zbekiston – 2030”: Barqaror Iqtisodiy O‘Sish Aholi Farovonligini Ta’Minlashning Muhim Omili

image

“O‘zbekiston – 2030”: barqaror iqtisodiy o‘sish aholi farovonligini ta’minlashning muhim omili

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonida ko‘zda tutilgan eng muhim choralar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi akademiyasi “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent, Umidjon Pardayev ma’ruzasida dastlab dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha strategiyalari haqida ma’lumot berdi. So‘ng “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati, uning ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlarning ahamiyati, xususan, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yo‘nalishidagi islohotlar, Strategiyada belgilab olingan g‘oyalar, ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlarni hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi. 

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlangan. 

Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mazkur strategiyada 100 ta maqsad qamrab olingan.
Ma’ruzachi ushbu yo‘nalishlarning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishiga oid eng muhim yo‘nalishlarga to‘xtalib, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qildi. 

– Jahon banki dunyo iqtisodiyotlarini daromadlariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘ladi, ya’ni past daromadli, o‘rtadan past daromadli, o‘rtadan yuqori daromadli va yuqori daromadli. Strategiyaning barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan qismi 45-maqsadida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish vazifasi belgilangan. Yalpi ichki mahsulot hajmini va aholi jon boshiga daromadlarni oshirish va iqtisodiyotning boshqa omillarini rivojlantirish orqali ushbu natijaga erishish mumkin, – deydi U.Pardayev.

Tadbir davomida Jamiyat xodimlarining savollarga batafsil javob qaytarildi. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ 
Axborot xizmati