uz

Jizzaxda Iqtisodiyotda Sug‘Urtaning O‘Rnini Oshirishga Bag‘Ishlangan Seminar Bo‘Ldi

image

Jizzaxda iqtisodiyotda sug‘urtaning o‘rnini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘ldi

“O‘zagrosug‘urta” AJning hududlarda faoliyat yuritayotgan olimlarning ilmiy takliflarini sohaga tatbiq etishga qaratilgan loyihasi doirasidagi bu galgi seminarga Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Maqsud Turdimurodov taklif etildi.

Jamiyatning Jizzax viloyatidagi filialida “Iqtisodiyotda sug‘urtaning o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxassislari hamda hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda M. Turdimurodov sug‘urta jamiyatdagi iqtisodiy zararlarni kamaytirish va bartaraf etishning muhim vositasi ekani, sug‘urta munosabatlarining amalga oshirilishi borasida mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, uning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati xususida fikr bildirdi. 

Seminar davomida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirishda sug‘urtaning ahamiyatini yanada yuksaltirishga doir taklif va tavsiyalari berildi. Ishtirokchilarning savollariga olim ilmiy asoslangan holda batafsil javob qaytardi.