uz

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Boshqaruvi Departament Direktorligiga Ishga Taklif Qiladi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Boshqaruvi departament direktorligiga ishga taklif qiladi

“Oʻzagrosugʻurta” AJ Boshqaruvi (matnda bundan buyon – Jamiyat deb yuritiladi) Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar va investitsiya departamenti direktori lavozimiga munosib nomzodlarni ishga olish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Nomzod:

– Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda faoliyati bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilishi;

– moliya, iqtisod sohasida kamida 3 yillik tajriba, shundan kamida 2 yili investitsiya, qimmatli qogʻozlar sohasida (shu jumladan, oʻrindoshlik boʻyicha) ish stajiga ega boʻlishi;

– korporativ boshqaruv sohasida bilim, tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yohud Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy moliya yoki iqtisod mutaxassisliklari boʻyicha ma’lumotga ega boʻlishi;

– moliya, iqtisod va sug‘urta sohalarining investitsiya yoki korporativ boshqaruv yoʻnalishida ishlaganligi maqsadga muvofiq;

– sug‘urta sohasining birlamchi bilimlariga ega bo‘lishi;

– tilni bilish darajasi – rus va o‘zbek tillari (boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);

– hujjatlar nomenklaturasini yuritishni hamda ish yuritishda kerak bo‘ladigan barcha rasmiy hujjatlarni tayyorlashni bilishi lozim.

Nomzodga yaratilgan sharoitlar:

– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish yuzasidan xizmat safarlariga yuboriladi);

– barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan ta’minlanadi;

– besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha, tushlik soat 13:00 dan 14:00 gacha;

Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

– hujjatlar qabuli;

– hujjatlarni koʻrib chiqish va baholash;

– tanlov komissiyasi bilan individual suhbat.

Ish haqi shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor-nomzodlar vakant@agros.uz elektron pochta manziliga kerakli hujjatlarni (pasport, diplom(lar) va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va obyektivka) yuborish lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi. Hujjatlar 2024-yil 25-aprelga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Suhbat 30-aprel kuni o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
+998 71 203-20-22. Ichki raqam 1019, 1021, 1022