uz

“O‘Zagrosug‘Urta” – Jamoada Manfaatlar To‘Qnashuviga Yo‘L Qo‘Ymaydi

image

“O‘zagrosug‘urta” – jamoada manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaydi

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvida Jamiyatda korrpusion holatlarning oldini olish, davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlashga doir seminar o‘tkazildi. 

Tadbirda Boshqaruv mutaxassislari hamda videokonferensaloqa orqali hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan normalar, davlat fuqarolik xizmatchisining o‘z vazifalarini ado etishidagi huquq va majburiyatlari, uning obro‘siga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilish, o‘z kasbiga mas’uliyat, sadoqat va xalollik bilan yondashish, xushmuomalalik va e’tiborlilik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish zarurligi bo‘yicha keng tushunchalar berildi. 

Tadbir davomida davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaning oldini olishdagi vazifalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishidagi mas'uliyati hamda javobgarligi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga amal qilishi lozimligi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.