uz

Aksiya G‘Oliblariga Esdalik Sovg‘Alari Topshirildi

image

Aksiya g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi

     Bugun 25 fevral "O‘zagrosugurta" AJ tashkil etilgan kun! Kompaniyaning 24 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan aksiya yakuniga yetdi. Aksiya shartiga ko‘ra, internetdagi rasmiy veb-saytimiz orqali e-polis xarid qilgan mijozlar orasidan "Random" tasodifiy raqamlar generator dasturi yordamida g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘oliblarni aniqlash jarayoni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali (Instagram, Facebook) jonli efirda namoyish etildi. 

Ta'kidlash joizki, aksiyada jami 526 nafar yurtdoshlarimiz qatnashdi va quyida nomlari keltirilgan e-polis egalari maxsus sovg‘alarni qo‘lga kiritdi:

    1. Raupov Xurshed — Termopod;

    2. Shoymardonov Shaxbozmirzo — Elektr pech;

    3. Mamatkarimova Feruza — Smartfon;

    4. Maxmudova Nazokat — Televizor.