uz

“Omadli Sug‘Urta” Aksiyasi G‘Oliblari Taqdirlandi

image

“Omadli sug‘urta” aksiyasi g‘oliblari taqdirlandi

2024-yil 28-fevral kuni “O‘zagrosug‘urta” AJda “Omadli sug‘urta” aksiyasi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Unda Jamiyat Boshqaruvi rahbariyati, hududiy filiallar rahbarlari, joylardagi sug‘urta agentlari hamda aksiya g‘oliblari ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar “O‘zagrosug‘urta” AJning bugungi kundagi faoliyati, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ishonchini yanada qozonish, qulay sug‘urta xizmatlarini taqdim etish borasidagi faolligini e’tirof etishdi. 
Tadbir davomida g‘oliblarga sovg‘alar tantanali topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan 2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil 1-fevralga qadar “Omadli sug‘urta” aksiyasi e'lon qilindi. 

Aksiya shartlariga ko‘ra, sug‘urtalanuvchilar tegishli 20 turdagi ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarini Jamiyatning agros.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn yoki joylardagi markazlardan oflayn xarid qilib, aksiya ishtirokchisiga aylanishdi. 

Sug‘urta qildiruvchilar orasidan 8 nafar mijoz komputerda random dasturi orqali tasodifiy tanlab olinib, ularga ketma-ket tarzda quyidagi sovg‘alarga ega bo‘ldilar:
🔹 5 dona "HP 250 G8" rusumli noutbuk;
🔹 2 dona "Iphone 15" smartfoni;
🔹 Bosh sovrin – 1 dona "CHERY Arrizo 6 PRO" avtomobili.

Shuningdek, aksiya davrida faol qatnashib, hududlarda eng ko‘p sug‘urta mukofoti (pul tushumi)ni amalga oshirgan sug‘urta agentlari ham 1 dona “Samsung Galaxy S23” smartfoni, 2 ta “Apple watch 8” aqilli soati hamda 1 ta noutbuk yutib olishdi.

2024-yilning 22-fevral kuni “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan “Omadli sug‘urta” aksiyasi gʻoliblarini aniqlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘ldi.

Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonini bevosita Hakamlar hay’ati hamda Jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali mijozlar jonli efirda kuzatib borishdi. 

G‘oliblar ro‘yxati bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

G‘oliblarning taassurotlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda yoritib boriladi. 



“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati